Bilishni istasang o'rgat!
Ba'zida o'zi nimalarni bilishimiz haqida o'ylab qolamiz va hech narsa bilmaydiganday his qilamiz. Sizda ham xuddi shunday holat bo'lib tursa kerak albatta. Inson tabiati aynan bir yumushni qayta-qayta bajarishni istamaydi. Shakli, usuli o'zgarsa esa yana davom etishi mumkin. Masalan futbol o'ynab charchagan bola tennis o'yinini davom ettirishi mumkin.
Xuddi shu kabi agarda faqatgina o'rganishda charchasangiz, o'rganganlaringizni sinab ko'ring. Sinab ko'rishdan ham charchasangiz boshqalarga ilm ulashib o'rgatib ko'ring. Men o'zi o'rgata olamanmi? Kimdir meni kuzatadimi? kabi savollarga aslo yo'l bermang.
Shunchaki boshlang. Avval faqat o'zingizga o'rgating, o'zingiz uchun video darslar yozib boring...
Shunchaki boshlang, bilishniz istasangiz o'rgating!!!
💬 Kommentlar (3)
Komment qoldirish uchun tizimga kiring